Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"SAXOVAT VA KO’MAK" UMUMXALQ HARAKATI DOIRASIDA XAYRIYA TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2020-05-07 17:34:11    212

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Yurtboshimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati tomonidan xalqimizning og’irini yengil qilish, muammolarini biroz bo’lsada aritish, dillariga xushnudlik olib kirish maqsadida ko’plab xayriya ishlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda Qo’shtepa tuman hokimligi hamda “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hamkorligida ehtiyojmand oilalar uchun markazlashgan holda moddiy yordam ko’rsatilmoqda.

“Call-centre”ning 1197 qisqa raqami orqali aholidan kelib tushayotgan murojaatlar o’rganilib, unga ko’ra mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi 6 nafar ehtiyojmand oila vakillariga 11 xil mahsulotdan iborat oziq-ovqat jamlamasi ularning manzillariga yetkazib berildi. Shuningdek, karantin hududida ishlayotgan tuman tibbiyot birlashmasining 11 nafar  shifokorlari oilasidan xabar olinib, ularga ham oziq-ovqat jamlamasi topshirildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati