Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UNUTMAYMIZ, YODIMIZDASIZ!

×

 2020-05-07 16:56:38    198

PDF yuklash
Chop etish


Ikkinchi jahon urushi butun insoniyatni oyoqqa turg’izdi. Jumladan, Sovet Ittifoqi tarkibidagi mamlakatimiz  ham mazkur urushga  jalb qilindi. Mamlakatimizdagi barcha ishlab chiqarish korhonalari, zavod fabrikalar, front qurol-yarog’ va harbiy texnikalar ishlab chiqarishga aylantirildi. Mamlakat qishloq xo’jaligida yetishtirilgan  mahsulotlarning aksari frontga yo’naltirildi. Qanchadan qancha yosh navqiron yigitlar, shunindek otalar frontga saralab olindi. Shu ma'noda, misli ko’rilmagan bu yovni tor-mor qilishda O’zbekiston farzandlarining ham o’rni beqiyos. Halqimizning ana shunday qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an'analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, ezgu ishlarni davom ettirish, bizga tinchlik va omonlik kerak,  deb yashaydigan bag’ri keng xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Ushbu urushda qatnashgan 1.5 milliondan ortiq O’zbekistonliklarning yarim milliondan ziyodi  janglarda va fashistlar konsentratsion lagerlarida vafot etgan  yoki bedarak yo’qolganligini, xalqimiz hyech qachon yodidan chiqarmaydi. Front hududlaridan O’zbekistonga ko’chirilgan bir millionga yaqin oila va bolalarni qabul qilib, bir burda nonni  ham baham ko’rganligi, halqmizning naqadar oliyjanobligini, mehr-muruvatli ekanligini yaqqol namoyondasidir.

          Ha, xalqimizning mard o’g’lonlari, ko’ksini qalqon qilib asragan o’z erki, ozodligini oilasi, onasi, singlisi, ayoli, bolalarining hayoti, sha'ni, or-nomusi, qadri, hurligi, erkini, demakki, Vatanning hurligi va erkini asragan. O’z tarixining og’ir va qora kunlari - istibdod zamonlarida esa, xuddi sharros yomg’iru qahraton muzlik qo’ynida olovni asragandek, yuragida ozodlik umidini so’ndirmagan. Shu umid qanot bo’lib erk uchun kurashgan, istibdodning qafaslarini sindirib, ozodlikka erishgan.                                                

         «Yashashga va erkinlikka har kuni ular uchun kurashuvchi odamgina loyiqdir», degan edi faylasuflardan biri. Bu hikmatli so’zning qay darajada haqligini har daqiqada his qilasan, kishi. Zero, asrlar osha ona zaminimiz ozodligi yo’lida olib borilgan jangu jadallar, bobolarimiz jasorati o’chmas tarix zarvaraqlariga muhrlangan. Bosqinchilarning istibdod zulmi ostida kechgan xalq qayg’usi esa unut bo’lgan emas. Bu qora kunlar takrorlanmasligi, Vatan sarhadlari toptalmasligi, xalq erki, millat o’zligini asrash uchun har daqiqa hushyorlik zarur.

         Vatan hamisha el mehriga mushtoq, mard o’g’lonlariga tayanguvchi munis go’shadir. U shu yurt egalarining sa'y-harakati bilan gullab yashnaydi, obod bo’ladi, bosqinchilar poyida xor bo’lmaydi. Uning ozodligi millat hurligi, millat erki va o’zligi demak.

         Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, vaqt o’tib borgani sari Ikkinchi jahon urushi yillarida chinakam insoniylik namunasini ko’rsatgan yurtdoshlarimizning g’alabaga qo’shgan hissasi qadri ortib boraveradi. Xalqimiz ularning tinchlik yo’lidagi buyuk jasoratini aslo unutmaydi.

N. Otabekov,

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat  markazi

Qo’shtepa tumani bo’linmasi rahbari.