Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 142 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MARKAZDA QIZG’IN ISH JARAYONI KETMOQDA

×

 2020-04-29 14:57:55    129

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda Prezidentimiz tomonidan xalqimizning tarixiy va ma'naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatini yo’lga qo’yish tashabbusi keng quloch yoymoqda.

Qo’shtepalik tadbirkorlar mazkur tashabbus doirasida amaliy ishlarni boshlab yuborishdi. Ular kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish bilan birga ularni ish bilan ta'minlashnishida ham jonbozlik ko’rsatishmoqda.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkillangan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati homiylik mablag’lari markazining tuman bo’limida ham qizg’in ish jarayoni ketmoqda.

Yoshlar ittifoqi volontyorlari saxovatpesha va homiylar tomonidan ehson qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash, joylash ishlari bilan shug’ullanmoqdalar.

Ushbu markazda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash tuman bo’limi va O’zbekiston yoshlar Ittifoqi tuman kengashi xodimlari jonbozlik ko’rsatishmoqda.

Tumanimizda saxovatli tadbirkorlar safi kengayib, “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati keng quloch yozmoqda. Qo’shtepalik tadbirkorlar, fermerlar, saxovatli fuqarolar ushbu tadbirda faol qatnashmoqdalar.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati