Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVAT

×

 2020-04-28 16:47:58    232

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan «Saxovat va ko’mak» umumxalq harakati tez fursatda tilga tushdi va ko’pchilik tarafidan e'tirof etildi.

Qo’shtepa tumanida ham muborak Ramazon oyi hamda karantin munosabati bilan o’zgalar ko’magiga muhtoj, ehtiyojmand, boquvchisini yo’qotganlar holidan xabar olinib, ular xonadonlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilayotir.

Tuman “Dehqon bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Davlatxon Yusupova ham ushbu bu ezgu harakatga qo’shilib, jamiyat tomonidan tashkil etilgan 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini “Mahalla” xayriya jaomat fondi Qo’shtepa bo’linmasi xuzuridagi “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tomonidan tashkil etilgan markazga topshirdi.

Ushbu oziq-ovqat mahsulotlari “Mahalla” xayriya jaomat fondi Qo’shtepa bo’linmasi xuzuridagi “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tomonidan tuman SEOM xodimlari ishtirokida  sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilingan tartibda mahallalarda istiqomat qiluvchi o’zgalar ko’magiga muhtoj, ehtiyojmand, boquvchisini yo’qotgan oilalarga tarqatiladi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati