Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IPAK QURTI PARVARISHI AVJIDA
2020-04-28 10:25:57 200
Ayni kunlarda Qo’shtepa tumanidagi pillakorlar mo’l pilla hosili yetishtirish maqsadida shijoat bilan mehnat qilmoqdalar. Shuni alohida ta'kidlash joizki, “Pilla - bu daromad manbai”. Hozirgi kunda bir quti ipak qurti boqqan oilani 2 million so’mdan ziyod daromad olishga imkoniyati bo’ladi.
“Sharq ipak durdonalari” klasteri tomonidan bahorgi pilla mavsumida 1850 quti ipak qurtlari jonlantirilib, 259 ta fermer xo’jaliklariga shartnoma asosida tarqatildi. Ipak qurti mahallardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, vaqtincha ishsiz aholi va yoshlar tomonidan parvarishlanmoqda.
Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, pillakorga bir yillik mehnat ish staji yuritilishi barobarida Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan oylik ish xaqi ham beriladi.
Qo’shtepa tumani pillakorlari joriy yilda 102 tonnadan ziyod qimmatbaho xomashyo yetishtirish maqsadida astoydil mehnat qilmoqdalar.
Qishloq xo’jaligida yilning dastlabki xirmonini barpo qilishda tuman hokimligi, qishloq xo’jaligi bo’limi, mahalla fuqarolar yig’inlari va pillachilikka mutasaddi rahbarlar hamda soha mutaxassislari pillakorlarga yaqindan yordam berib kelmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati