Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEPUTATLAR TOMORQALARNI KO’ZDAN KECHIRMOQDALAR

×

 2020-04-21 17:04:20    114

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbarining tomorqa maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish to’g’risidagi topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Qo’shtepa tumanida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ayni kunlarda Qo’shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov boshchiligida hamda sektor rahbarlari, barcha mas'ullar, deputatlar, mahalla faollari va jamoat tashkilotlari birgalikda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbusni amalga oshirishga kirishdilar.

Karantin davri bo’lishiga qaramay, Qo’shtepa tumanida bahorgi dala ishlari, tomorqada meva-sabzavotlarni yetishtirish to’xtagani yo’q. Yerning tilini biladigan insonlar ter to’kib, tomorqalarida mehnat qilishmoqda.

Xususan, O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan tuman Kengashiga saylangan deputatlar Sh. Sharopov, A. Nabiyev, Sh. Xoshimov, B. Madraximov, S. Tursunov, D. Zufarova, Yo. Qosimovalar o’zlari saylangan saylov uchastkalarida mavjud aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yerlarni ekishga tayyorlash, agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilish holati bilan tanishmoqdalar.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati