Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YER XAZINA, SUV GAVHAR

×

 2020-04-20 11:47:50    729

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 14 aprel kuni bo’lib o’tgan videoselektorda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bu yilgi murakkab vaziyatni hisobga olib, barcha tomorqalarda 2-3 marta ekin ekish va qo’shimcha hosil olish birinchi darajali vazifa bo’lishi kerakligini ta'kidladilar.

Videoselektorda hozirgi sinovli kunlarda tomorqa yerlariga ekin ekmaslik, yerlarni qarovsiz tashlab qo’yish yurtga va yerga nisbatan xiyonat ekanligi aytilgan edi.

Ushbu ko’rsatmalar Qo’shtepa tumanida qanday amalga oshirilmoqda?

Ayni kunlarda tuman hokimi I. Novikov boshchiligida barcha sektor rahbarlari, mas'ullar, deputatlar, mahalla faollari hamjihatlikda, belni mahkam bog’lagan holda ana shu ishga astoydil kirishishgan.

Tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari Sodirjon Abdullayev sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig’inlarida  bo’lib, tomorqalardan foydalanish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi. Tomorqasiga turli qishloq xo’jaligi ekinlarini ekib, daromad olishga harakat qilayotgan mehnatkash insonlarning karantin davridagi faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, o’zining takliflarini berdi.

Darhaqiqat, ko’plab xonadonlarda kaftakkina tomorqadan unumli foydalanib, daromad olishga harakat qilayotganlarni ko’rib yerni tengsiz xazina ekanligiga guvoh bo’lasiz. Albatta obod tomorqa, namunali shaklda ekilgan ekinlar ko’zni quvontirdi.

3-sektor rahbari S. Abdullayevning sa'y-harakati bilan karantin davrida aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ko’chama savdo do’konlari tashkil etildi. Mazkur “Ko’chma do’konlar”lar tomonidan mahallalarda arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi yo’lga qo’yildi. Qolaversa, mahallalarda arzon narxlarda un mahsulotlari savdosi ham tashkil etildi. Yaratilgan ushbu qulaylik aholining uyda qolib ro’zg’or uchun zarur xo’jalik mollarini o’z hudularidan savdo qilishlariga zamin yaratmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati