Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI KENGASHI SESSIYASI

×

 2020-04-17 17:42:24    103

PDF yuklash
Chop etish


HAR BIR QARICH YERDAN UNUMLI FOYDALANAYLIK!

VI chaqiriq xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining navbatdan tashqari to’qqizinchi sessiyasida tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda tegishli qishloq xo’jaligi tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Sessiyani tuman Kengashi raisi, tuman hokimi I. Novikov ochdi va olib bordi.

Sessiyaga 17-Beshkapa saylov okrugidan saylangan deputat S. Nuriddinov kotiblik qildi.


Sessiya kun tartibiga quyidagi uchta masala qo’yildi.

1. Sektor rahbarlarining har bir mahalla kesimida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji, mavjud muammolar va ularning hal etish choralari yuzasidan taqdimotlarini eshitish va muhokama qilish.

2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashlarining 2020 yil 13 apreldagi “Dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 222-IV/KQ-33-IV-sonli Qo’shma qarorini ijroga qaratish to’g’risida.

3. Qo’shtepa tumanidagi xo’jalik yurituvchi sub'yektlarga mol-mulk solig’i, yer solig’i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarini to’lash bo’yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga to’lovlarni kechiktirish (bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish) masalasini ko’rib chiqish to’g’risida.

4. Yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish b o‘yicha tuman komissiyasining “A. Yassaviy Loyson” MMTP hududidagi tuman hokimligi zahirasidagi yer maydonlarini Marg‘ilon shahar hokimligi ixtiyoriga maqsadli foydalanish uchun ajratib berish haqidagi xulosasini tasdiqlash to‘g‘risida.

  Kun tartibidagi masala yuzasidan sektor rahbarlarining taqdimotlari eshitildi.

1-sektor rahbari, tuman hokimi I. Novikov kun tartibidagi masalalarga to’xtaldi.

- Joriy yilning 14 aprel kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishidan yana bir bor tegishli xulosa chiqarib, oziq-ovqat xavfsizligini kafolatli ta'minlash hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini 2 barobarga oshirishni maqsad qilib oldik.

Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini havotirga solayotgan, xatto katta davlatlarning ham iqtisodiyotiga zarba berayotgan “Koronavirus pandemiyasi” xalqimizni matonati, irodasi, imon-e'tiqodini imtihon qilib turibdi , - deydi ma'ruzachi.

- Shunday og’ir va murakkab sharoitda Muhtaram Prezidentimiz mazkur dahshatli ofatni oldini olish, xalqimizni talofatsiz olib chiqish, barcha sohada mahsulot yetishtirish barqarorligini ta'minlash yuzasidan qator Farmon va qarorlar qabul qilayotganligi ertangi yorug’ kunlarga umid va ishonchimizni mustahkamlamoqda. Shuningdek, barchamizga katta mas'uliyat yuklaydi. Biz maqsadga erishish uchun aniq chora tadbirlar belgilab oldik.    

Bu yilgi sharoitda faqatgina har bir qarich yerdan samarali foydalanish, mavjud rezervlarni ishga solib mahsulot ishlab chiqarishni, eksport hajmini oshirish uchun ham katta imkoniyatlar yaratiladi.

Jumladan, meva-sabzavotchilik yo’nalishidagi  7 ta klaster, beshta kooperatsiyalar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini ikki barobarga oshirishda lokomotiv bo’lishi bo’yicha belgilab berilgan tizim asosida ishlar tashkil etilmoqda.

Koronavirus pandemiyasi natijasida yuzaga kelishi kutilayotgan inqirozning salbiy ta'sirlarini oldini olish maqsadida paxtachilik, g’allachilik klasterlari va fermer xo’jaliklarimiz hosildorlikni paxtadan 10 sentnerga, g’alladan 20 sentnerga oshirish tashabbusi bilan chiqdilar.

Paxta va g’alladan hosildorlikni oshirish bo’yicha sektorlar kesimida aniq hisob-kitoblarni ishlab chiqib, maxsus qarorlarimiz bilan tasdiqladik.

Hisob-kitoblarga ko’ra, g’alla ishlab chiqarish hajmi

8500 tonnaga ortib, 27508 tonnaga, paxta yetishtirish hajmi 8100 tonnaga oshib 28000 tonnaga yetadi.


Sessiyada 2-sektor rahbari, tuman prokurori M. Shomurodov,

3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig’i S. Abdullayev,

4-sektor rahbari, tuman DSI boshlig’i S. Abdirasulovlar

2020 yil 14 aprelda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishidan yana bir bor tegishli hulosa chiqarib, oziq-ovqat xavfsizligini kafolatli ta'minlash hamda o’z sektorlari hududlarida qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini kamida ikki barobar oshirishni maqsad qilib olganlarini ta'kidlashdi.

Shuningdek, sektor rahbarlari koronavirus pandemiyasi sharoitida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, karantin qoidalariga rioya qilish, soliq tushumlarini ko’paytirish borasida olib borayotgan ishlariga ham to’xtaldilar.

To’rtta sektor rahbarlari o’z taqdimotlari yakunida shunday sinovli kunlarda yelkadosh bo’layotgan deputatlar, MFY raislari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar, fermerlarga minnatdorchilik bildirdilar.

O’zXDP Qo’shtepa tuman kengashi raisi Sh. Sharopov kun tartibidagi masalalar yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Kun tartibida ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Xalqimiz xonadoni uchun bir parcha yer azaldan qadrli bo’lgan. Chunki u nafaqat oila daromadiga daromad qo’shadi, balki el-yurt farovonligini ta'minlashda ham muhim omil hisoblanadi.

Ta'kidlash joizki, pandemiya tufayli yurtimizda e'lon qilingan qatiy karantin vaqtida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan birlamchi talabini qondirish, ichki bozorda narx-navoning oshib ketmasligi ko’p jihatdan tomorqalardan qanchalik oqilona foydalanishimiz, kichik bo’lsada tadbirkorlik bilan shug’ullanishimizga ham bog’liq.

Bugun garchi pandemiya barchamizni uyimizga mixlab qo’ygan bo’lsa-da, tomorqamizda mehnat qilishdan mahrum qilolmaydi. Demak, bahorning har bir kunini g’animat bilib, ekin-tikin ishlarini tezroq yakuniga yetkazaylik. Zero, tomorqamizni qarovsiz qoldirish, avvalo, yurtga va yerga xiyonatdir. Har bir qarich unumdor yerni qadriga yetaylik, dasturxonimiz to’kinligini, bozorlarimizda arzonchilikni ta'minlash har birimizning insoniylik burchimizdir.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati