Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BU SINOVLI KUNLARNI MARDONAVOR YENGIB O’TAMIZ!

×

 2020-04-17 13:50:53    194

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikovning tashabbusi bilan davlat soliq inspeksiyasi, homiy tadbirkorlar hamkorligida tumanda arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i, 4-sektor rahbari Sirojiddin Abdirasulovning sa'y-harakati bilan karantin davrida aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, 17 ta hududda ko’chama savdo do’kon tashkil etildi. Bugungi kunda 12 ta oziq-ovqat, 3 ta nooziq-ovqat va 1 ta ko’chma dorixona aholiga xizmat ko’rsatmoqda. Mazkur “Ko’chma do’konlar”lar tomonidan mahallalarda arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi yo’lga qo’yildi.

Qolaversa, mahallalarda arzon narxlarda un mahsulotlari savdosi va kiyim-kechak yarmarkalari ham yo’lga qo’yildi. 5 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida yashovchi kam ta'minlangan oilalarga 4500 tup pamidor ko’chatlari bepul tarqatildi.

Yaratilgan ushbu qulaylik aholining uyda qolib ro’zg’or uchun zarur xo’jalik mollarini o’z hudularidan savdo qilishlariga zamin yaratmoqda.

Sektor rahbari S. Abdirasulov mutasaddilar bilan birga aholining tomorqalardan unumli foydalanish darajasini o’rganish maqsadida Qo’rg’oncha va Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, tomorqa maydonlarini ko’zdan kechirdilar.

Qo’shtepa tumanida tomorqasidan unumli foydalanib, dehqonchilikning hadisini olgan insonlar ko’p. Bunday kishilarning hovlisiga qadam qo’ysangiz, obod tomorqalarini ko’rib, bahri-dilingiz ochiladi, kayfiyatingiz ko’tariladi.

Sektor rahbari aholiga tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish yuzasidan  o’zining maslahatlarini berdi. Tumanda ipak qurti parvarishi boshlangani munosabati bilan Do’rmon mahallasidagi pillakorlar tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati