Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TOMORQADAN FOYDALANISH EL UCHUN YAXSHI

×

 2020-04-16 16:09:39    289

PDF yuklash
Chop etish


Rahbar va mutasaddilarning aholi muammolari bilan joyida tanishishi, odamlar dardu tashvishini his etib, holidan xabar olishi ularni yanada ruhlantiradi. Bugun Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov 1-sektor hududidagi Qiyqi mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi.

Tuman hokimi I. Novikov yurtimizda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin kunlarida aholi salomatligini saqlash, belgilangan qoidalarga rioya etilishini ta'minlash hamda oziq-ovqat, dori-darmonga bo’lgan ehtiyojlarini o’rgandi. Oziq-ovqat do’konlari kundalik zarur mahsulotlar bilan ta'minlanganligi va narx-navoni sun'iy oshirmaslik yuzasidan savdo shaxobchalari rahbarlari bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, aholini tomorqa yer maydonlaridan qanday foydalanayotganiga alohida e'tib qaratdi. Tomorqasiga turli qishloq xo’jaligi ekinlarini ekib daromad olishga harakat qilayotgan mehnatkash insonlarning karantin davridagi faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, o’zining takliflarini berdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati