Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KO’CHMA DO’KONLAR XIZMATDA
2020-04-11 13:34:20 205
Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikovning tashabbusi va sektor rahbarlarining sa'y-harakatlari bilan fuqarolarimizga yana bir qulaylik yaratildi. Karantin sharoitida ularning bozorma-bozor yurishlariga endi hojat qolmadi. Chunki, tuman “Dehqon bozori” MCHJ qoshida tashkil etilgan ko’chma savdo do’konlari har kuni mahallalarda bo’lib, aholiga asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib bermoqdalar.
Bunday ko’chma do’konlar tumanimiz fuqarolariga faqatgina qulaylik yaratib qolmay, balki turli hil oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda xarid qilishlariga ham imkon yaratmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati