Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«BIZ SIZ UCHUN ISHDA QOLDIK, SIZ BIZ UCHUN UYDA QOLING»!

×

 2020-04-10 11:51:18    250

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat, koronavirus pandemiyasi tarqalishi barchamizni hamjihat va birdamlikka chaqirdi. Eng muhimi, salomatligimizga bo’lgan e'tiborni kuchaytirdi.

Ayni kunlarda “Hududgaz Farg’ona” MCHJning Qo’shtepa tumani filiali xodimlari xavfsizlik va karantin qoidalariga to’liq rioya etgan holda faoliyat ko’rsatmoqda.

Shuningdek, taqdim qilinadigan transport vositasining ko’chalarda xavfsiz harakatlanishi uchun tegishli uskunalar va ehtiyot qismlar, suyultirilgan gaz ballonlarini tashish tizimli ravishda dezinfeksiyalash bosqichidan o’tadi. Har kuni ertalab hudud, bino, xodimlarning ish joyi va hatto gaz ballonlari ham sanitariya tekshiruvidan o’tkaziladi. Bir so’z bilan aytganda, xodimlar va iste'molchilar xavfsizligi uchun barcha choralar ko’rilgan.

Qo’shtepa tumanida 38940 ta xonadonga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Karantin davrida xech bir oila yoqilg’isiz qolmaydi va buning uchun filial tomonidan barcha resurslar safarbar etilgan hamda barcha choralar ko’rilgan. Iste'molchilarga gaz ballonlarini yetkazib berish tasdiqlangan reja-jadval asosida, to’liq hajmda amalga oshirilmoqda.

Fursatdan foydalanib, “Hududgaz Farg’ona” MCHJning Qo’shtepa tumani filiali mutaxassislari barcha fuqarolarimizni uyda qolib, o’zlari va yaqinlarini ehtiyot qilishlarini so’raydi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati