Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI BAYONOTI
2020-04-10 11:10:34 180
Joriy yilning 8-aprel kuni tunda boshlangan kuchli shamol natijasida Qo’shtepa tumanida elektr ta'minotida avariyali uzilishlar kuzatildi. Kuchli shamol natijasida 35/10 kVli “Do’rmon” nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Qiziltepa” va boshqa “Niyozov”, “Qirg’izobod”, “Chimkent”, “Loyson” elektr uzatish havo tarmoqlari avariyali uzilgan.
Oqtepa MFY hududidagi № 49 transformator punktidan chiquvchi 0,4 kV havo liniyasiga fuqarolar tomonidan ekilgan teraklar sinib tushgani sababli sim uzilib, ta'minotda uzilish yuzaga kelgan. 1-ta'mirlash bo’limi ustasi X. To’lanov boshchiligidagi brigada nosozlikni bartaraf etish uchun jalb qilindi. Mahalla oqsoqoli ishtirokida teraklar kesilib, uzilgan simlar qayta ulanib nosozlik shu kunning o’zidayoq bartaraf etilgan.
9 aprel kuni tumandagi elektr energiyasi iste'molchilari ta'minotidagi barcha nosozliklar to’liq bartaraf etilib, elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilmoqda.
Yana shuni ma'lum qilamizki, Soybo’yi MFY hududida TP-502 yuklamasini yengillatish uchun qo’shimcha 1 dona KTPM-160/10/0,4 kVA va 56 dona temir beton tayanchlari o’rnatilib, 1,5 km yangi elektr tarmog’i qurilishi olib borilmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati