Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 129 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ONLAYN INSHOLAR TANLOVI EʼLON QILINDI

×

 2020-04-06 16:51:36    287

PDF yuklash
Chop etish


Fargona viloyat hokimligi hamda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan   9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Ona tilim-jon tilim” mavzusida onlayn insholar tanlovi eʼlon qilindi.

Jumladan, Qo‘shtepa tumani hokimligi hamda tuman xalq taʼlimi bo‘limi tomonidan karantin muddatlaridan samarali va oqilona foydalanish maqsadida, mazkur mavzudagi onlayn insholar tanlovini  eʼlon qildi.

Tanlov shartlari - ajdodlarimizning boy merosini asrab-avaylash, milliy o‘zlikni anglash va mustaqil davlatchilik timsoli bo‘lgan, bebaho maʼnaviy xazina, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida yuksak kuch – o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirishga doir qarashlar va bilimlarni ifodalash. So‘zga bo‘lgan hurmat hissi hamda yuksak tafakkurni namoyon etish.

Ijodiy ishlar dastlab tuman, shahar bosqichlarida saralanadi. Insholar 2020-yilning
15-apreliga qadar viloyat xalq taʼlim boshqarmasining https://t.me/ona_tilimtanlovi telegramm kanali orqali onlayn qabul qilinmoqda.

Har uch sinf kesimida uchtadan g‘olib aniqlanadi va ularga qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Ona tili - bebaho qadriyatdir. Biz uni eʼzozlab, albatta eʼzoz topamiz!

U. Xolmatov,

тuman hokimi maslahatchisi