Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DEZINFEKTSIYA ISHLARI OLIB BORILMOQDA
2020-04-06 13:16:18 193
Bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylangan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish qat'iy chora-tadbirlar ko’rilishini talab etadi. Bu borada eng samarali vositalardan biri bu - dezinfeksiya ishlaridir. Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikovning tashabbusi bilan tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi tomonidan dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.
Shu kungacha tuman xalq ta'limi bo’limiga qarashli 48 ta maktablarda, 33 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, “Ismoiljon gilamlari” xususiy korxonasi hamda “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MCHJ va uning 7 ta avtotransport vositalarida dezinfeksiya ishlari olib borildi.
Tuman hokimligi, IIB, Sud, DSI, davlat yer mulk kadastri, madaniyat uyi, yoshlar markazi, moliya bo’limi, davlat xizmatlari markazi, “Agrobank”, Aksiyadorlik tijorat Xalq banki binolarida, tuman dehqon bozorida, barcha mahalla fuqarolar yig’inlarining binolarida, Xumdon, Soxibkor MFY hududlaridagi ko’p qavatli uylarda zararsizlantirish ishlari olib borildi.
Mahallalardagi markaziy ko’chalar OVX dori purkagich traktorlarida dezinfeksiyalandi. Qo’shtepa - Yozyovon va Qo’shtepa - Marg’ilon chegarasida 2 ta post tashkil etilib, ularga ma'sul xodimlar biriktirilgan. Tuman hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalarida xodimlar tomonidan zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda.
Tumanimizdagi 23 ta MFY hududlariga Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan biriktirilgan xodimlar savdo do’konlari, jamoat joylari va markaziy ko’chalarda har kuni zararsizlantirish tadbirlarini olib bormoqdalar.
Shu kungacha tumanimiz hududiga xorijdan kelgan 176 nafar fuqarolarimiz ro’yxatga olingan. Xozirda ushbu 176 nafar fuqarolardan 136 nafarida 14 kunlik uy karantin muddati tugadi. Ularning va oila a'zolarining xolati qoniqarli.
Yuqoridagi porfilaktik dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish maqsadida 05.04.2020 yil kuniga qadar 2500 kg zararsizlantiruvchi vositalar sarflandi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati