Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“KORONAVIRUSNI BIRGALIKDA YENGAMIZ”

×

 2020-03-26 15:48:51    214

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va keng tarqalishining oldini olish bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xatto, tuman Kengashi deputatlari va MFY raislarining tashabbusi bilan “Koronavirusni birgalikda yengamiz” mavzusida aksiya tashkil etilyapti. Aksiya doirasida tumanda bir qator xayrli tadbirlar  tashkillanmoqda.

Tuman Kengashi deputatlari o’zlari saylangan hududlarda bo’lishib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish uchun muntazam niqob hamda qo’lqopsiz yurmaslik, tozalikka qat'iy rioya etish yuzasidan targ’ibot ishlari olib bormoqdalar.

Deputatlar B. Madraximov va Sh. Xoshimovlar tomonidan Qayrag’och va Oqtepa MFY hududlaridagi dorixonalar, savdo do’konlarida karonavirus pandemiyasidan himoyalanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Do’konlarda, go’sht, oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxining asossiz oshib ketishiga yo’l qo’yilmaslik bo’yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, yana bir deputatimiz S. Nuriddinov Katta Beshkapa MFYda bo’lib, mahalla raisi bilan hamkorlikda targ’ibot ishlarini olib bordi. Ijtimoiy ko’makka muhtoj xonadon egalariga himoya vositasi tibbiy niqoblar tarqatildi.

O’qchi MFY raisi A. Xoshimovning tashabbusi bilan mahalladagi dizinfeksiyalash ishlari yana davom etmoqda.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati