Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AZIZ VATANDOSHLAR, HURMATLI ISTE'MOLCHILAR!
2020-03-26 15:28:22 209
Jonajon yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, fuqarolarimizning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maqsadida iste'molchilarning elektr energiyasi hamda tabiiy gaz hisoblagichlari ko’rsatgichini masofaviy ko’rikdan o’tkazish tartibi joriy etilmoqda.
Shunga ko’ra, yetkazib berilgan energiya resurslari hisobini yuritish maqsadida Sizdan, xonadoningizda o’rnatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz hisoblagichlarining zavod raqami va ko’rsatgichini sifatli ko’ringan holatdagi rasmini Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limining MIBQoshtepa telegram kanaliga har oyda bir marotaba yuborib turishingizni so’raymiz.
Mavjud vaziyatni to’g’ri anglagan holda amalga oshirgan hamkorligingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz.
Tinchlik va sog’liqni asrab, hamjihat bo’lib - birgalikda barcha sinov va qiyinchiliklarni albatta yengib o’tamiz.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
Majburiy ijro byurosi