Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PROFILAKTIK ISHLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2020-03-25 15:02:28    149

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida “Koronavirus” infeksiyasining kirib kelishi va keng tarqalishining oldini olish bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Birinchi navbatda, odam ko’p to’planadigan joylarda virusdan himoyalanish tadbirlari ishlab chiqilib, joylarda keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, karantin davrida tumanda joylashgan “Dehqon bozori” MCHJda oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxining asossiz oshib ketishiga yo’l qo’yilmaslik bo’yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib, arzon narxda savdo yarmarkasi tashkil etilmoqda. Mas'ul idora xodimlari va SEO markazi mutaxassislari jalb qilinib, dizinfeksiyalash ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Kasallik kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo’yicha profilaktik ishlar davom ettirilib, xalqimizni xushyorlikka va ogohlikka chaqirish maqsadida, yo’l yoqasiga Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan banerlar o’rnatildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati