Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TO‘Y O‘TKAZISH TARTIBINI BUZGANLIK UCHUN JARIMA MIQDORI BELGILANDI

×

 2020-03-18 15:45:51    211

PDF yuklash
Chop etish


Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan qator qonunlar va kodekslarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi modda bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, to‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik BHMning 30 baravari (6 mln 690 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

To‘yxona, kafe va restoranlar egasi tomonidan ushbu huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur tartib Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati