Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NARX-NAVO QAT'IY NAZORATDA. XAVOTIRGA O‘RIN YO‘Q

×

 2020-03-16 13:55:36    210

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda koronavirus qayd etilgani rasman ma'lum qilindi-yu,  odamlar ozini bozorga, dokonga urdi?  Hukumat kasallikka chalinmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilish zarurligini ta'kidladi, ammo, oziq-ovqatni jamgarib qoying, yetishmovchilik boladi, deb ogohlantirmadi-ku. Afsuski, kopchiligimiz buni oylab ham kormay oz xatti-harakatimiz bilan xalqda vahima uygotamiz, bilib-bilmay ayrim "uddaburonlar"ning tegirmoniga suv quyamiz. Buning oqibatida ba'zi savdo dokonlarida mahsulotlar narxiga ustamalar mindi. Bizda koronavirus emas, vahima virus boshlandi.

Aslida bu ham bir sinov, sinov esa kimning kimligini yaqqol ko‘rsatib berishi barchamizga ma'lum. To‘g‘ri, mamlakatimiz birinchi marotaba bunday qiyinchilikka duch keldi va noma'lum qo‘rquvlar paydo bo‘lishi tabiiy. Ammo vahima qilish kerak emas.

Bugun tuman dehqon bozorida o‘tkazilgan tadbir ham aynan shu maqsadda tashkil etildi. 1-sektor rahbari, tuman hokimi I. Novikov, 2-sektor rahbari, tuman prokurori M. Shomurodov, 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig‘i S. Abdullayev, 4-sektor rahbari tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S. Abdirasulov, tuman bosh imom xatibi A. Axmadaliyev va mutasaddilar tomonidan karantin vaqtida narx-navoning asossiz oshib ketmasligi bo‘yicha tadbirkorlarga tushunchalar berildi.

Tadbirda so‘z olganlar narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar ko‘rilayotganini, bunday vaziyat doimiy asosda nazorat olib borilishini takidlab o‘tishdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati