Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ELGA YARASHGAN EZGU AN'ANA

×

 2020-03-14 18:29:26    240

PDF yuklash
Chop etish


"Obod yurt" shiori ostida o‘tkazilayotgan xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayramiga munosib taraddud ko‘rish, xalq orasida o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlikni yanada kuchaytirish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xayriya hashari Qo‘shtepa tumani XTBga qarashli barcha maktablarda uyushqoqlik bilan olib borilib, ustoz-murabbiylar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishmoqda. Ular tomonidan maktablarning maydoni, ko‘cha qismi, ariqlari tozalanib, dov-daraxtlar butalib, oqlandi. Gul, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, bo‘sh turgan joylarda yashil hududlar tashkil qilindi.

Xalqimizning boy tarixi, milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi hasharning tub zamirida ajdodlarimizning insoniylik, mehr-oqibat, o‘zaro hamjihatlik, yurtga muhabbat, kabi ezgu fazilatlari mujassam. Bunday ishlar natijasida shahar va qishloqlarimiz tobora chiroy ochib borayotir. Bir so‘z bilan aytganda, Navro‘z bayrami arafasida o‘tayotgan ushbu tadbir xalqimizni bunyodkorlik va obodonlashtirish zavqi bilan yashayotganini namoyish etmoqda.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati