Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAMJIHATLIGIMIZ TIMSOLI

×

 2020-03-14 14:28:27    280

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan hashar bolib o‘tmoqda

"Obod yurt" shiori ostida otkazilayotgan xayriya hashari tumanimizda uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Ikki kun davomida tumanimizning barcha hududlarida, mahallalarda kokalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari yanada avj oladi.

Bugun erta tongdanoq tumanimizning har bir hududida umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki ruhda boshlandi. Mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, ko‘cha va yo‘laklarni hamda bolalar   maydonchalari tartibga keltirildi. Daraxtlarni oqlash va butash, ko‘chalarda, maydonchalarda daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazish, yo‘l va yo‘laklarni tartibga keltirish, ariq va zovurlarni tozalash, barcha joyni saranjom-sarishta holatga keltirish bilan bog‘liq ishlar olib borilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, kam ta'minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashildi va ularining holidan xabar olishga oid ishlar ko‘lami kengaydi.

Tumanimizdagi hashar qatnashchilari zarur texnika vositalar va anjomlar bilan ta'minlandi. Joylarda obodonlashtirish ishlari o‘tkazilishi jarayonida to‘plangan chiqindilarni mutasaddi idoralar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishi  ta'minlandi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, umumxalq xayriya hashari ahilligimiz, hamjihatligimizning amaldagi yana bir namunasidir.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati