Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING OLTINCHI SESSIYASIDA

×

 2020-03-11 17:12:32    192

PDF yuklash
Chop etish


YOSHLAR BANDLIGI TA'MINLANADI

Joriy yilning 11 martida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi Ilyosbek Novikov raislik qildi.

Deputatlar 16-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Obidjon Boboraximovni sessiya kotibligiga sayladilar.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tashkilotlar, korxonalar va idoralar rahbarlari, huquq-tartibot idoralari, siyosiy partiyalar mutasaddilari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyaning kun tartibiga:

1. Qo‘shtepa tumanida 2020 yilda yoshlar bandligini ta'minlash yuzasidan sektor rahbarlari tomonidan olib borilayotgan ishlar hisoboti to‘g‘risida.

2.      O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ob'ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, tumandagi ayrim ko‘chalarga nom berish yuzasidan “Yermulkkadastr” davlat korxonasi tuman filiali rahbari U. Abdullaxojiyevning axboroti to‘g‘risida.

3. Tuman yer berish (realizatsiya qilish) komissiyasining fermer xo‘jaliklariga qarashli yer maydonlarini zahiraga qaytarish xulosalari to‘g‘risidagi masalalar kiritildi.

Kun tartibidagi birinchi masala 2020 yilda yoshlar bandligini ta'minlash yuzasidan sektorlar kesimida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha 1-sektor rahbari, tuman hokimi I. Novikov, 2-sektor rahbari, tuman prokurori M. Shomurodov, 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig‘i S. Abdullayev, 4-sektor rahbari tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S. Abdirasulovlarning hisobotlari tinglandi. 

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan Harakatlar strategiyasida aholi bandligi muhim masalalardan biri sifatida qayd etilib, unda eng avvalo, yoshlar bandligini ta'minlash alohida ta'kidlangan.

Bugungi sessiyada ham tumanda yoshlar bandligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida shu yo‘nalishda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar keng muhokama etildi.

Kun tartibidagi ikkinchi  masala  yuzasidan “Yermulkkadastr” davlat korxonasi tuman filiali rahbari U. Abdullaxojiyev axborot  berdi.

Shundan so‘ng  kun  tartibidagi keyingi  masala  yuzasidan tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i R. Axmadaliyevning axboroti tinglanib, sessiyada kun tartibidagi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati