Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AYOL BORKI - OLAM MUNAVVAR!!!
2020-03-07 08:24:12 216
Muhtarram ayollar! Aziz opa-singillar!
Barchangizni bahorning ilk ayyomi 8 mart - nafosat va go‘zallik tantanasi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Ayol - millat kelajagi, hayot davomchisi. Xotin-qizlar e'zozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon bo‘ladi. Ayol mehnati bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi.
Aslida, Siz aziz ayollarni hech ikkilanmay ko‘klam fasli bo‘lmish bahorga qiyos etish mumkin. Uning har bir tashrifi ko‘ngillarni ilitadi, qalblarni yoshartiradi.
8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Qo‘shtepa tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazga tashrif buyurgan aziz opa-singillarimiz va onalarimizni bayram bilan muborakbod etdilar.
Shuningdek, tumandagi Sarmozor mahallasida uzoq yillardan buyon ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan Axmedova Muxtaramxonona xonadoniga borib, nogironlik aravachasi bayram sovg‘asi tarzida berildi.
Tumandagi markaziy shifoxonasi hamda yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemor opa-singillarimizni xolidan xabar olinib ularga bayram sovg‘alari taqdim etildi.
Akmaljon ABDUKARIMOV,
Qo‘shtepa tuman Davlat xizmatlari markazi direktori