Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYOLLAR HAMISHA E'ZOZDA

×

 2020-03-06 18:17:03    249

PDF yuklash
Chop etish


G‘ishtmon mahalla fuqarolar yig‘inidagi 2-Madaniyat va axoli dam olish markazida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Ayol borki, olam munavvar» deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirga faol ayollar, faxriy onaxonlar taklif etildi va ularga ehtirom ko‘rsatildi.

Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda hududdagi maktab, maktabgacha ta'lim, tibbiyot bo‘limlarida mehnat qilayotgan faol ayollarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qo‘shtepa tuman Kengashi raisi A. Abdumalikov tomonidan sovg‘alar taqdim etildi.

Anjumanda so‘z olganlar tomonidan jamiyat rivojida ayollarning tutgan muhim o‘rni, ishlab chiqarish, fan, ta'lim, madaniyat va barcha  sohalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faolligi, oila va farzandlar tarbiyasidagi roli alohida e'tirof etildi. Tadbir davomidagi Vatanni, onani, ayolni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga quvonch ulashdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati