Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA
2020-03-03 17:06:22 196
Bugun, 3 mart kuni tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda tumandagi barcha mutasaddi korxona va tashkilotlardan mas'ul vakillar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolardan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Ularning aksariyat qismini yer-joy ajratish, uy-joy olish, ishga joylashtirish bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etdi.
— Muammoning katta-kichigi bo‘lmaydi, gap uning yechimida, — deydi, qabulga kelgan fuqarolarimizdan biri, Yo‘ldoshobod MFYda yashovchi X. Xatamova. — Shu jihatdan olganda, aholi bilan muloqot samarali yo‘lga qo‘yilib, odamlar dardu tashvishlariga ahamiyat qaratilayotgani quvonarlidir. Joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan qabulda mahallamizdagi zovurni tozalatishda yordam so‘rab, tumanimiz hokimi I. Novikovga murojaat qilgan edik. Murojaatimiz e'tibordan chetda qolmadi. Qisqa fursat ichida hal bo‘ldi. Bundan behad mamnunmiz. Bugungi qabuldan ham ko‘nglim to‘ldi, muammolarim yuzasidan menga tushunchalar berildi.
Bugun tashkil etilgan qabulda ham aholidan kelib tushgan murojaatlar adolat mezoni asosida ko‘rib chiqilib, odamlar turmush darajasini yanada yaxshilash, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar belgilandi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati