Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarga MUNOSABAT

×

 2020-02-29 14:19:04    254

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 28 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Damas” qimmatlik qilmoqda, avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilsa edi!” sarlavhasi ostida xabar tarqatildi.

Ushbu xabarda: -“Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Do‘rmon shaharchasidan yozmoqdamiz. Ilgari Do‘rmondan Farg‘ona shahriga avtobus qatnar edi. Endi esa yo‘nalish “Damas”larga qolgan. Ammo “damas”chilar belgilagan narx qimmatlik qilmoqda. Farg‘onaga borib kelish kuniga 15 ming so‘mga tushmoqda. Ko‘p sonli aholi nomidan Do‘rmon-Farg‘ona yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishini so‘raymiz” - deya shikoyat qilingan.

Shikoyat xati ismi-sharifi ko‘rsatilmagan fuqaro tomonidan yozilgan bo‘lib, huddi shu mazmundagi xabar Ijtimoiy tarmoqlar orqali 2019 yilning 20 dekabr kuni ham tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, Qo‘shtepa tumanidagi 58-avtobaza tomonidan Langar-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha qo‘yilgan avtobuslar 2004 yilga qadar qatnagan. Huddi shu yo‘nalish “Do‘rmon” MFY hududi orqali ham o‘tgan. Keyinchalik xususiy yengil avtomobillarning qatnovi yo‘lga qo‘yilganligi va fuqarolarning avtobuslarga ehtiyoji bo‘lmaganligi sabab avtobaza inqirozga uchragan. Shu vaqt oralig‘ida 2-3 yil davomida ham avtobus qatnovi to‘xtatilmagan. Lekin manzilli yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish o‘zini qoplamaganligi natijasida avtobus qatnovi to‘xtatilgan.

Shuningdek, “Damas” avtomobillarining odam sig‘imi, tezkorligi va hududdagi fuqarolarning avtobusga qaraganda yengil avtomobillarga ehtiyojlari ortib borayotganligi sababli tumanlar va shaharlar aro avtobus qatnovi bilan shug‘ullanuvchi avtokorxonalar tomonidan Qo‘shtepa tuman hududidan avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish o‘zini qoplamasligi bildirilgan.

B. Qurbonov,

Qoshtepa tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari