Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI QO‘SHTEPA TUMANI KENGASHINING BESHINCHI SESSIYASI O‘TKAZILDI

×

 2020-02-26 10:21:47    131

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman hokimligi bo‘lim boshliqlari, tumandagi barcha tashkilotlar, korxonalar va idoralar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etgan sessiyani tuman hokimi I. Novikov boshqarib bordi. Sessiya kun tartibidan 8 ta masala o‘rin oldi.

Xususan, sessiyada Qo‘shtepa tumanini 2019 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2020 yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan Qo‘shtepa tumani hokimi I. Novikovning hamda tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S. Abdurasulovlarning 2019 yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Qo‘shtepa tumani hokimining 2020 yil 24 fevral kungi “Kamilov Zoxidjon Olimovichni Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i etib tayinlash to‘g‘risida”gi 111-sonli hamda 2020 yil 18 fevral kungi “Tuman hokimligi Moliya bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchisi Akbarov Ibroximjon Tulqinovichni tuman hokimligi Moliya bo‘limi mudiri etib tayinlash to‘g‘risida”gi 106-sonli qarori tasdiqlandi.

Bundan tashqari, Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi, Xalq deputatlari tuman Kengashi va doimiy komissiyalarining 2020 yilga mo‘ljallagan ish rejasi va tuman hokimining “Qo‘shtepa tumani mahalliy byudjetining 2020 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida”gi qarori loyihalari tasdiqlandi.

Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi boshlig‘i R. Axmadaliyevning tuman yer berish (realizatsiya qilish) komissiyasining fermer xo‘jaliklariga qarashli yer maydonlarini zahiraga qaytarish hamda yer maydoni ajratib berish to‘g‘risidagi axboroti tinglanib, sessiyada kun tartibidagi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qoshtepa tumani hokimligi Axborot xizmati