Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI TIZIMGA - YANGI QADAM
2020-02-24 17:40:30 178
Prezidentimizning 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun mohiyati haqida”gi masalaga bag‘ishlangan tuman faollari yig‘ilishi bo‘ldi.
Yig‘ilishni tuman hokimi Ilyos Novikov ochdi va olib bordi.
Shuningdek, faollar yig‘ilishida viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzullo Qosimov ishtirok etdi.
- Barchamizga ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan ijtimoiy hayotimizda yangi tizim joriy etildi, - dedi tuman hokimi Ilyos Novikov.- Jamiyat boshqaruvida o‘ziga xos an'ana va qadriyatlar asosida shakllanib kelgan, millatimiz mentaliteti va xalqimiz turmush tarzi tamoyillarini o‘zida mujassam etgan mahallalarimiz bugun rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi.
Farmon bilan O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi.
Jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatish vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari F. Qosimov Farmon mazmun-mohiyatiga keng to‘xtaldi va yangi tizimga ko‘rsatilgan nomzod bilan tanishtirdi.
- Zoxidjon Kamilov tuman hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Yig‘ilishda Zoxidjon Kamilov bildirilgan ishonch uchun minatdorchilik bildirib, bu lavozimda bor kuch, bilim, tajribasini safarbar qilib fidoyilik bilan ishlashga va'da berdi.
Shuningdek, Qiyqi MFY raisi Siddiqjon Yo‘ldashev, tuman faoli Maxkamboy Aliboyevlar mahalla tizimi borasidagi islohotlarga o‘z munosabatlarini bildirishib, yangi tizimga munosib nomzod tanlanganligini takidlashib, uning ishlariga omad tiladilar.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati