Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM SAYYOR QABULDA

×

 2020-02-21 18:31:17    225

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyos Novikovning navbatdagi qabuli tashkil etildi.

Ushbu sayyor qabul 21-fevral kuni  G‘ishtmon MFYda o‘tkazildi. Tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan suyultirilgan gaz baloni olish, tadbirkorlik qilish uchun kredit ajratish, eski yog‘och tayanchlarni yangi beton stolbalarga almashtirish, ko‘chalarni shag‘allashtirish va boshqa masalalarda murojaatlar qilindi.

Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular qo‘ygan muammolar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rildi. Ayrim murojaatlar shu kunning o‘zidayoq hal qilingan bo‘lsa, boshqa murojaatlarda ko‘rsatilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli idoralarning mutassadilariga aniq  topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.


Qoshtepa tumani hokimligi Axborot xizmati