Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YOSHLAR SHAXMAT TAXTASI” AN'ANAVIY RESPUBLIKA OCHIQ MUSOBAQASINING QO‘SHTEPA TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

×

 2020-02-21 17:50:59    215

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 mart kuni yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanida “Yoshlar shaxmat taxtasi” an'anaviy Respublika ochiq musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

  Ushbu musobaqa beshta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi bo‘yicha tuman “Yoshlar markazi”da o‘tkazildi. Mazkur musobaqada tumandagi barcha ta'lim muassasalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etdilar.


Musobaqa yakuniga ko‘ra, 7 yosh toifasida 43-umumiy o‘rta ta'lim maktabidan Xumoyun Maxammadov, 12-umumiy o‘rta ta'lim maktabidan Moriyaxon Yusubjonova, 9 yosh toifasida 38-umumiy o‘rta ta'lim maktabidan Jasurbek Shukurov, Odina Sidig‘aliyeva, 11 yosh toifasida 19-umumiy o‘rta ta'lim maktabidan Mirzaolimjon Akramjonov, 38-umumiy o‘rta ta'lim maktabidan Nodiraxon Mirodilova, 13 yosh toifasida 35-umumiy o‘rta ta'lim maktabidan Ilxomjon Qosimov, 38-umumiy o‘rta ta'lim maktabidan Mashxuraxon Tursunovalar g‘oliblikni qo‘lga kiritib viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar. 

Qoshtepa tumani hokimligi Axborot xizmati