Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM VA YOSHLAR” uchrashuvi

×

 2020-02-17 11:31:53    116

PDF yuklash
Chop etish


2020 yil 8-fevral kuni 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “HOKIM VA YOSHLAR” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 250 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi. Shundan, 120 nafarini kasb-hunar kolleji va umumta’lim maktablari bitiruvchilari tashkil etdi.

Tadbirda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi va beshta muhim tashabbus bo‘yicha ko‘rgazmalar ham tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlar taklif, tashabbus va muammolari bilan murojaat qildilar.

Jumladan, sportning basketbol turi bo‘yicha 20 yoshliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston birinchi liga musobaqasida jamoaning qatnashishi uchun 4 mln so‘m miqdordagi a’zolik to‘lovini amalga oshirishda yordam so‘ragan Mo‘sajonova Shohsanamning murojaati ikki kun muddatda homiylik yo‘li orqali bartaraf etildi.

Shuningdek, sportning basketbol turi bo‘yicha 2004-2005 yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston bolalar va o‘smirlar basketbol ligasi birinchi tur bahslarida jamoaning qatnashishi uchun 2 mln so‘m miqdoridagi a’zolik to‘lovida amaliy yordam so‘ragan Xabibullayeva Nilufarning murojaati esa ikki kun muddatda homiylik yo‘li bilan bartaraf etildi.


Tadbir so‘nggida ishga joylashish istagida bo‘lgan yosh qizlar uchun tumanning chekka hududida joylashgan Qorajiyda qishlog‘idagi “Malohatli tekstil” MCHJ ga ekskursiya tashkillandi.