Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TA'ZIM

×

 2020-01-14 16:40:00    219

PDF yuklash
Chop etish


Yurtni mardlar qo’riqlaydi, deb kuylaydi xonandalar. Mardlik avvalo fidoiylikdir. Yurtga, elga, mustaqillikka fidoiylik vatanini chin yurakdan sevgan sadoqatli insonlarda bo’ladi.

Qahramonni ham onasi dunyoga keltirgan. Shuning uchun 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni bo’ladigan eng muhim voqelik “Motamsaro ona” haykali poyiga umid chechaklari, gul g’unchalarini qo’yib mard o’g’lonlarni tarbiyalab bergan ona siymosi qarshisida ehtirom ila ta'zimda bo’lishdir.

Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev, viloyat jamoatchilik vakillari, yoshlar shahardagi “Motamsaro ona” majmuasiga kelib ona haykalini gulga to’ldirdilar. 

Shundan so’ng Sharqiy harbiy okrug qo’shinlarining jangovar guruhlari shahdam qadam tashlab safdan o’tdilar.

Tadbirda Farg’ona shahrining minglab aholisi ishtirok etdi.  

 

                                         Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.