Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Alimentni ixtiyoriy to‘lаmаslik oqibаti
2020-01-09 14:02:07 179
Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan muqaddam aliment pulini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli maʼmuriy qamoqqa olingan va jazodan o‘zlariga to‘g‘ri xulosa chiqarmagan 7 nafar otalarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2011 yil 8 iyuldagi buyrug‘i bilan qarzdor S.Аhmadjonovdan undiruvchi Sh.Аhmadjonova foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taʼminoti uchun har oylik ish haqqi va boshqa daromadlarining ikkidan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lsada, masʼuliyatsiz “ota” 2018 yilning iyun oyidan 2019 yilning yanvar oyiga qadar 5 mln. 300 ming so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan Maʼmuriy ishlar bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining 2019 yil 9 yanvardagi qaroriga bilan qarzdor S.Аhmadjonovga o‘n besh sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Biroq, buni qarangki, jazodan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmagan S.Аhmadjonov vijdonsizlarcha 2019 yilning dekabr oyiga qadar ham jami 9 mln. 602 ming so‘mlik aliment qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Byuroning Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan qarzdor S.Аhmadjonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 35 oy davomida 14 mln. 285 ming so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdor I.Poshaxodjayevga nisbatan ham JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hayotjon SULАYMONOV,
Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi boshlig‘i