Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tadbirkorlar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
2020-01-08 16:00:50 187
Yildan-yilga yangilanib borayotgan O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, ish o‘rni yaratib, ko‘plab oilalar iqtisodi uchun o‘z hissasini qo‘shayotgan ishbilarmon tadbirkorlarimizga davlatimiz rahbari va barcha darajadagi rahbarlar tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi ertangi kunimiz farovonligi va yurtimizning jahon bozoriga o‘z mahsulotlari bilan kirib borishiga imkoniyat yaratmoqda.
Qo‘shtepa tumanida ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, ish o‘rni yaratib kelayotgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimi Ilyosbek Novikovning tadbirkorlarni qabul qilish kunlari belgilangan bo‘lib, qabullar davomida tadbirkorlarning muammolariga ijobiy yechim topilishiga erishilmoqda.
Tumandagi Bosh vazir qabulxonasida tashkil etilgan navbatdagi qabulda tadbirkorlarning murojaatlari birma-bir tinglanib, ular qo‘ygan muammolar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilariga murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
“Sohibkor” MFY, Аrchazor ko‘chasida yashovchi tadbirkor Muhiddin Tojiboyev sobiq G‘ishtmon MMTPga tegishli bo‘lgan noturar joyning bir qismini xususiylashtirib olganligi hamda duradgorlik faoliyati ko‘rsatib kelayotganligini maʼlum qildi. Bugungi kunda mazkur noturar joyning bir qismi onlayn auksion orqali boshqa tadbirkorga umumiy kirish yo‘li ham qo‘shib sotilganligi bois kirib-chiqishda muammo kelib chiqayotganligi sababli ushbu masalaning ijobiy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qildi.
Ushbu murojaat tuman yer resurslari va davlat kadastri boʼlimi masʼul vakillari tomonidan qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi tushuntirildi.
Shuningdek, qabul davomida tadbirkorlar tomonidan Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotish va saqlash uchun “Marg‘ilon Fayz savdo komleksi” АJga qarashli buyum bozoridan savdo rastalari ajratish masalasida qilgan murojaatlari ham Buyum bozori maʼmuriyati bilan o‘rganilgan holda ijobiy hal etilishi murojaatchilarga tushuntirildi.