Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Aholi muammolari o‘z yechimini topmoqda
2020-01-07 22:28:19 200
Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov haftaning har seshanba kunlari tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qilib, ularning muammolarini ijobiy hal etilishiga ko‘maklashmoqda.
Bu galgi qabul davomida tuman fuqarolari tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, sog‘liqni tiklash uchun moddiy yordam, nogironlik aravachasi olish va boshqa masalalarda murojaatlar qilindi.
Qabulda fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglanib, ular qo‘ygan muammolar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilariga murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, qabulda “Qo‘rg‘oncha” MFY Yakkatut ko‘chasi 117-uyda yashovchi fuqaro Omon ota Hakimov ayoli Xolisxon ona Sulaymonova uchun nogironlik aravachasi so‘rab murojaat qildi.
Ushbu murojaat joyida o‘rganib chiqildi va tuman hokimining shaxsan o‘zlari Omon ota Hakimovga nogironlik aravachasini taqdim etdi. Bunday eʼtibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan otaxon barchani duo qildi.