Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Har bir fuqaro o‘z huquqlarini bilishi lozim
2019-12-26 10:08:45 217
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5-iyuldagi 467-sonli “Аholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga, shuningdek, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- tashabbuskorlar tuman yoki shahar hokimiyati, investorlar bo‘lishi mumkin.
- hokimlik, investor va mulkdorlar o‘rtasida OАV ishtirokida ochiq, muhokama o‘tkaziladi.
- dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi, kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar mavjudligi o‘rganiladi.
- resurslar yetarli bo‘lganida hamda foyda harajatlardan ustun kelganda yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
- olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasidagi ko‘chmas mulklar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi.
- yerni olib qo‘yish munosabati bilan kompensatsiya berish to‘g‘risidagi kelishuv majburiy tarzda notarial tasdiqlanadi.
- kelishilgan kompensatsiya mulkdorga to‘lab berilmagunga qadar ko‘chmas mulk buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
- olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi.
- ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash, fuqarolarni ko‘chirish, shuningdek, kompensatsiyalar berishda qonun talablari ijrosini nazorat qilish prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ziyodbek HАLIMJONOV,
Qo‘shtepa tumani adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi