Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Chempionlarimiz munosib taqdirlandi

×

 2019-12-25 17:30:34    120

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekistonda chim ustida xokkey sport turi XX asrning 70-yillaridan ommalasha boshlagan. 1972 yilda Аndijonda dastlabki chim ustida xokkey jamoasi tuzilgan. 1973 yildan erkaklar, 1975 yildan ayollar o‘rtasida chim ustida xokkey musobaqalari o‘tkazila boshlangan.

Qo‘shtepa tumanida ham ushbu sport turi ommalashmoqda va ko‘plab g‘olib sportchilarimizning safi tobora ortib bormoqda.

Xususan, tumandagi 23-umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilari orasida ham Chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha chempionlarimizning borligidan har birimiz cheksiz faxr va iftixor hissini tuyamiz.

Bugun, 23-umumiy o‘rta taʼlim maktabida chempionatlarda faxrli o‘rinlarni egallab, tumanimizni ko‘klarga ko‘tarishda o‘z hissasini qo‘shayotgan chempion qizlarimizni taqdirlash uchun tadbir tashkil etildi.


Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov sport bilan doimiy ravishda shug‘ullanish orqali ko‘plab marralarni egallab kelayotgan chempion qizlarimizning erishgan yutuqlari davomli bo‘lishiga va jahon arenalarida tumanimiz shaʼnini himoya qilishlariga ishonch bildirdi.


Tadbir davomida Belarussiyaning Minsk shahrida tasviriy sanʼat bo‘yicha o‘tkazilgan “Kubog Yevropa” xalqaro festivalida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Nazokatxon Komiljonova, Singapur davlatida bo‘lib o‘tgan “Osiyo kubogi” musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egallagan hamda 2020 yili Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Nodiraxon Jo‘rayeva, Malayziya davlatida bo‘lib o‘tgan “Qirolicha kubogi” musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egallagan Аdolatxon Vahobova, Chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida faxrli 1-o‘rinni egallagan Qo‘shtepa tumani jamoasi aʼzolari chempionlik medallari va tuman hokimining Tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Shuningdek, tumanda Chim ustida xokkey sport turini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va yosh avlodni sportga jalb etish bo‘yicha samarali mehnatlari uchun jamoaning bosh murabbiyi Аbduhamid Vahobov ham taqdirlandi.

Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.