Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tinchlik va osoyishtalik – eng oliy neʼmat

×

 2019-12-24 20:51:31    240

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida Hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik tahlili, jinoyatchilikni oldini olish borasida profilaktik va targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada hamda samarali tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni tuman hokimi Ilyos Novikov ochib berdi va o‘z so‘zida jinoyatchilikka qarshi kurashish muhim masalasi ekanligi uning barvaqt oldi olinishi uchun barcha birdek harakat qilmog‘i kerakligini taʼkidlab o‘tdi.


Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Kamoliddin Isaqov maʼruzasida tuman hududida joriy yilning 11 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Qo‘shtepa tumani hududida 2019 yilning 11 oyi davomida 170 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2018 yilning 11 oyiga taqqoslanganda sodir etilgan jinoyatlar - 29 taga kamayganligi eʼtirof etildi.


Shuningdek, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash borasida olib borilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida erishilgan yutuqlar bilan birga, tuman hududida tezkor maʼlumotlar tahlili, jinoyatchilikni ayrim turlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarning o‘sish surʼatlari hamon saqlanib qolayotganligi, ayrim mahalla fuqarolar yig‘inida og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilayotganligi, jinoyatlarni fosh etish, qidiruv va uzoq muddatdagi shaxslarni aniqlash, odam savdosiga qarshi kurashish hamda profilaktika sohalarida idoraviy hamkorlik susaytirib yuborilganligi taʼkidlab o‘tildi.


Yig‘ilish davomida profilaktika inspektorlari, imom-xatiblar hamda mahalla faollarining hamkorlikda ish olib borishlari, jinoyatchilikka yetaklovchi omillarning o‘z vaqtida oldini olish, yangi 2020 yilni tinch, osoyishta o‘tkazish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirilishida birgalikda harakat qilishga kelishib olindi.