Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Damas qimmatlik qilmoqda, yo‘nalishga arzon avtobus qo‘yilsin” sarlavhasi ostida tarqatilgan xabarga MUNOSАBАT
2019-12-21 14:07:27 183
Ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yilning 20-dekabr kuni “Damas qimmatlik qilmoqda, yo‘nalishga arzon avtobus qo‘yilsin” sarlavhasi ostida xabar tarqatildi.
Unda aytilishicha, “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Do‘rmon shaharchasidan ilgari Farg‘ona shahriga avtobus qatnar edi. Hozir esa faqat “Damaslar qatnaydi, ammo ular oddiy xalqqa qimmatlik qilmoqda. Mutasaddilardan Do‘rmoncha-Farg‘ona yo‘nalishida arzon avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishlarini so‘raymiz” - deya shikoyat qilingan.
Ushbu holat yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, Qo‘shtepa tumanida 158-avtobazadagi Langar-Farg‘ona yo‘nalishidagi avtobuslar 2004 yilga qadar qatnagan. Huddi shu yo‘nalish “Do‘rmon” MFY hududi orqali ham o‘tgan. Keyinchalik xususiy yengil avtomobillarning qatnovi yo‘lga qo‘yilganligi va fuqarolarning avtobuslarga ehtiyoji bo‘lmaganligi sabab avtobaza inqirozga uchragan. Shu vaqt oralig‘ida 2-3 yil davomida ham avtobus qatnovi to‘xtatilmagan. Lekin manzilli yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish o‘zini qoplamaganligi natijasida avtobus qatnovi to‘xtatilgan.
Shuningdek, “Damas” avtomobillarining odam sig‘imi, tezkorligi va hududdagi fuqarolarning avtobusga qaraganda yengil avtomobillarga ehtiyojlari ortib borayotganligini inobatga olgan holda ushbu hududga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish o‘zini qoplamaydi.