Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Isteʼmolchilar huquqlari - himoyamizda
2019-12-20 13:09:15 230
Fuqarolarning tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tushgan murojaatlari ijobiy hal etilmoqda.
Shahartepa mahalla fuqarolar yig‘ini, Susanbil ko‘chasida yashovchi fuqaro N.А.ning murojaatida tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan elektr energiyasi uchun 1 508 950(bir million besh yuz sakkiz ming to‘qqiz yuz ellik) so‘m qarzdorlik asossiz hisoblanganligi aytilib, shikoyat bayon qilingan.
Shikoyatda yozilishicha, majburiy ijro byurosi tuman bo‘limidan isteʼmolchiga ogohlantirish xati berilgan. Unda mavjud qarzdorlikni besh kun muddat ichida ixtiyoriy to‘lashi zarurligi, aks holda, yashash xonadoni elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilishi yozilgan.
Isteʼmolchi N.А. elektr energiyasidan qarzi yo‘qligini aytganda, majburiy ijro byurosi xodimi elektr tarmoqlari korxonasi nazoratchisining 2016 yil 20-sentyabrda tuzgan dalolatnomasida qarzdorlik ko‘rsatilganini taʼkidlagan. Elektr tarmoqlari maʼlumot bazasidan olingan mazkur dalolatnoma nusxasida “xonadon o‘rganilganda EXU ning texnik muxri yo‘qligi aniqlandi” degan yozuv kiritilgan va xonadon egasi N.А.ning otasi N.N. imzosi qo‘yilgan. Vaholanki, isteʼmolchining otasi N.N. dalolatnoma tuzilgan sanadan salkam uch yil oldin, yaʼni 2013 yil 21-avgustda vafot etgan.
Tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida fuqaro N.А.ning murojaati atroflicha o‘rganildi va qayta xatlov natijasiga ko‘ra, noqonuniy tuzilgan dalolatnoma bekor qilindi.
Fuqarolar va isteʼmolchilarning huquqlarini, manfaatlarini odilona himoya qilish jamiyatimizning bosh maqsadidir.
Maʼrifatхon SАIDOVА,
Tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi