Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 182 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xumdon mahallasiga yangi suv nasosi o‘rnatildi

×

 2019-12-19 15:45:18    123

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi yillarda mamlakatimizda suvdan oqilona foydalanish, uning sifati va xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, suv isteʼmolini hisobga olishning zamonaviy innovatsion tizimlarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rilgan holda suvdan foydalanish, shu jumladan, suv taʼminoti va suv chiqarish sohasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Suvdan foydalanishni samarali tartibga solishni taʼminlash uchun suv resurslarini boshqarish bo‘yicha yangi tuzilmalar yaratilgan, suv taʼminoti va suv chiqarish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.


Qo‘shtepa tumani “Xumdon” MFY Baxt ko‘chasida joylashgan suv nasosining nosoz holga kelib qolganligi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning norozichiligiga sabab bo‘layotgan edi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi tashabbusi bilan ushbu hududga yangi nasos keltirildi. “Suvoqava” DUK Qo‘shtepa tumani filiali masʼul xodimlari tomonidan yangi nasos o‘rnatildi. Yuzaga kelgan muammolar to‘liq bartaraf etilib, hudud fuqarolarining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojlari qondirildi.