Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining navbatdagi yetmish ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

×

 2019-12-17 19:27:41    246

PDF yuklash
Chop etish


Sessiyada Qo‘shtepa tumanining 2020 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash hamda tuman yer berish (realizatsiya qilish) komissiyasining fermer xo‘jaliklariga qarashli yer maydonlarini qisman zaxiraga qaytarish hamda yer maydoni ajratib berish kabi kun tartibiga qo‘yilgan masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Sessiya kun tartibidagi 1-masala bo‘yicha tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha 1-o‘rinbosari Baxtiyorjon Taniqulovning 2019 yil yakuni bilan tuman mahalliy byudjetning kutilayotgan ijrosi hamda 2020 yilga mo‘ljallangan loyihasi xususidagi hisoboti tinglandi.


Sessiya kun tartibidagi 2-masala yuzasidan tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi mutaxassisi Bahodirjon Xusanovning tuman yer berish (realizatsiya qilish) komissiyasining fermer xo‘jaliklariga qarashli yer maydonlarini qisman zaxiraga qaytarish hamda yer maydoni ajratib berish to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.


Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman kengashining navbatdan tashqari 72-sessiyasi kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.