Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Fermer 15 gektardagi sabzini xalqqa bepul tarqatdi” sarlavhasi ostida tarqatilgan xabarga MUNOSABAT

×

 2019-12-17 17:43:55    100

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yilning 16-dekabr kuni “Fermer 15 gektardagi sabzini xalqqa bepul tarqatdi” sarlavhasi ostida xabar tarqatildi.

Unda aytilishicha, Qo‘shtepa tumani Qo‘rg‘oncha qishlog‘idagi fermer xo‘jaligi tomonidan 15 gektardagi sabzi xalqqa bepul tarqatilgan. Taxminlar turlicha: hokim yerni tezroq bo‘shatib haydash va shudgorlashni buyurgan demoqda; yana ayrimlar bu holatni sabzining ulgurji bahosi tushib ketgani bilan izohlamoqda. Ammo xalq bepul sabzi olganiga xursand”  - deya keltirilgan.

Ushbu holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, “Shomirza” MFY Qo‘rg‘oncha qishlog‘idagi “Osiyo bahor fayz” fermer xo‘jaligi rahbari Yusufjon Usmonov har yili hosilni ortig‘i bilan olgani bois, mahalladoshlariga yordam sifatida hosildan tarqatib kelmoqda. Bu jarayonda hech qanday hokimning buyrug‘i yoki sabzining narxi sabab bo‘lmagan.

- Chin ko‘ngildan ehson qilsangu, buni ham ba’zi birovlar noto‘g‘ri tushunsa, deydi fermer. – Ana shunday yolg‘on ma’lumot tarqatayotganlarga insof so‘rab qolaman. Ularga aytamanki, savob ishni har kim har kuni qilishi kerak.