Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 155 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qishga tayyorgarlik – muhim vazifa

×

 2019-12-16 18:22:01    159

PDF yuklash
Chop etish


Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan 2019-2020-yillar kuz-qish mavsumida baxtsiz hodisalarni oldini olish, fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulklarini saqlanishini taʼminlash maqsadida yong‘in xavfsizlik xizmati, energiya resurslari va tabiiy gaz taʼminotchilari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya etish, isitish moslamalaridan xavfsiz holda va muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lgan hollarda tegishli mutaxassislarni xulosasini olgandan so‘nggina foydalanish yuzasidan isteʼmolchilarni huquqiy madaniyatini oshirish borasida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, kuz-qish mavsumi kelishi munosabati bilan ob-havoning keskin pasayishi natijasida xonadonlarni isitish maqsadida isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etmasdan, muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lmagan qo‘lbola isitish moslamalaridan va gaz plitalaridan foydalanishlari oqibatida turli xildagi baxtsiz hodisalarning kelib chiqish holatlari ko‘paymoqda.

Shunga ko‘ra, baxtsiz hodisalarni oldini olish, fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulklarini saqlanishini taʼminlash maqsadida energiya resusrlari, xususan gazdan foydalanishda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya etish, isitish moslamalaridan xavfsiz holda va muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lganda mutaxasislar xulosasini olgandan keyin foydalanish lozim bo‘ladi.


Farhodjon XOJIBOYEV,

MIB Qo‘shtepa tuman bo‘limi Qarzdorlik sudgacha undirish sho‘basi inspektori