Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar” milliy aksiyasi o‘tkazilmoqda

×

 2019-12-14 14:50:27    250

PDF yuklash
Chop etish


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun o‘tkaziladigan saylovlar yaqinlashmoqda.

Saylovlarda o‘zimiz munosib deb topgan nomzodga ovoz berish orqali biz kelgusi yo‘nalishlarimizni belgilaymiz. Umumiy kelajagimizni qurishda har birimizning ovozimiz muhim hisoblanadi. Saylovlarda qatnashib, biz o‘zimizning dunyoqarashimiz, siyosiy va huquqiy savodxonligimiz, fuqarolik pozitsiyamizni namoyish etamiz hamda konstitutsion huquqimizdan foydalanamiz.

Bugun Qo‘shtepa tumani markazidagi 15-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar” milliy aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov so‘zga chiqib, mamlakatimiz muhim siyosiy jarayonlar arafasida ekanligi, 22-dekabr kuni parlamentga va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlarda har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligini taʼkidladi.


Bu galgi saylovlarda tumanimizdan 122 476 nafar saylovchilar ishtirok etadi va ularning 3 692 nafarini birinchi marta saylovda ishtirok etayotgan yoshlar tashkil qiladi.


Tadbir davomida saylovchilarning siyosiy savodxonligi sinovdan o‘tkazish maqsadida saylovga oid savollar berildi hamda birinchilardan bo‘lib to‘g‘ri javobni aytgan ishtirokchilar tuman hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.