Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanida viloyat prokurori o‘rinbosari sayyor qabul o‘tkazdi

×

 2019-12-11 17:55:11    225

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyati prokurori o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Dilmurod Qobulov 9-dekabr kuni Qo‘shtepa tumanidagi Vatan mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Uchrashuvda ushbu hududda istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq fuqarolarning muammolari tinglanib, aholini qiynab kelayotgan bir qator muammolar bartaraf etildi.

Jumladan, fuqarolar Sh.Ismoilov, S.Murodov, S.Qurbonov, M.Xolmatov, D.Musaxonova va X.Marasulovalarning suyultirilgan gaz baloni olish masalasida qilgan murojaatlari joyida ijobiy hal etilib, murojaatchilarga shartnoma asosida suyultirilgan gaz balonlari foydalanish uchun topshirildi.


Shuningdek, shu kuni hududdagi aholi xonadonlarini uyma-uy o‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan Vatan mahallasining Tolzor hamda Bo‘ston ko‘chalarining 1 km dan ortiq qismiga shag‘al yotqizildi.


Shu bilan bir qatorda, Bo‘ston mahallasi hududda aholini ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha 300 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib suv minorasi o‘rnatildi.


“Vatan” MFYda joylashgan “Boltako‘l” qabristonida tozalov ishlari amalga oshirilib, qabristonning ichki va tashqi hududlari tekkislandi, devorlari taʼmirlanib, 400 metr qismi oqlandi. Qabristonning old qismidagi zovur ariqning 200 metr qismi texnika yordamida tozalandi.

Bundan tashqari, “Vatan” MFYdagi “Paxtakor” QVPda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etilib, 100 dan ortiq fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 3 nafar fuqarolar davolanish uchun shifoxonaga joylashtirildi hamda “Vatan” MFY Isfaxon ko‘chasida yashovchi X.Omonovaga nogironlik xassasi taqdim etildi.


O‘rganish yakunida, mahallada istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan oilalarning holidan xabar olinib, ularga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari hamda kuz-qish mavsumi uchun 4,5 tonna ko‘mir yonilg‘isi tarqatib berildi.

Qabul so‘nggida viloyat prokurori o‘rinbosari tumandagi saylov uchastkalari faoliyati bilan ham tanishib chiqdi.


Elyorbek OMONBOYEV,

Tuman prokuraturasi 2-sektor kotibi