Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tibbiy xizmat sifati oshmoqda

×

 2019-12-11 17:07:51    380

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, sog‘liqni saqlash davlat tizimining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxshilashga qaratilgan sog‘liqni saqlashni isloh qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qo‘shtepa tumanida ham tibbiyot muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ularni zamonaviy tibbiy jihoz, uskunalar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Ko‘p tarmoqli markaziy polikilinikaga tuman hokimining farmoyishiga asosan tuman aholisiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida zarur tibbiy jihozlar, texnika vositalari, 2019-2020-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun isitish tizimi hamda markazlashgan kislorod markazi qurish va boshqa asosiy vositalar sotib olish uchun jami 550 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Kuni kecha ushbu markazga “Damas” rusumli avtomashina sotib olindi hamda aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tuman hokimi I.Novikov tomonidan mashina kaliti tantanali ravishda topshirildi.


Jumladan, markaziy shifoxonaning tug‘ruq bo‘limi uchun operatsion stol sotib olinib, foydalanishga topshirildi.


Ko‘p tarmoqli markaziy polikilinika qoshidagi ayollar maslahat xonasi uchun zamonaviy kompyuter, tuman tibbiyot birlashmasining ichki dorixonasiga dori tayyorlab berish uchun akvadistilyator, tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxona va Langar shifoxonasidagi jonlantirish bo‘limlaridagi kislorod balonlarini bino tashqarisiga alohida belgilangan joyga o‘rnatish va kislorod ta’minoti sistemasini markazlashtirilgan holda o‘tkazish orqali yetkazib berishni ta’minlash uchun “ZAMON MED SERVIS” xususiy korxonasi bilan shartnoma tuzildi. Tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo‘limiga EХО EEG apparati sotib olish uchun “ALFA MED” xususiy korxonasi bilan shartnoma tuzildi va olib kelindi.


Shuningdek, Langar shifoxonasini 2019-2020-yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashi uchun muassasaga 240 dona isitish radiyatori va 4 dona yangi isitish qozonlari “MUHAMMAD UMAR BULDING” xususiy korxonasi tomonidan o‘rnatilib, kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi.


Oybek MURODOV,    

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i