Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Har bir murojaat nazoratga olindi

×

 2019-12-10 19:09:48    183

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyos Novikovning navbatdagi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida tuman fuqarolari tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, elektr, sog‘liqni tiklash uchun moddiy yordam, suyultirilgan gaz baloni olish, tadbirkorlik qilish uchun kredit, xajga borish uchun amaliy yordam va boshqa masalalarda murojaatlar qilindi.

Qabulda tuman hokimi fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular qo‘ygan muammolar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar koʼrdi. Аyrim murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.


  “Fayz” MFY Pillakor ko‘chasida yashovchi O.Teshaboeva farzandini ishga joylashtirish masalasida murojaat qildi. Ushbu murojaat joyida ko‘rib chiqildi va tuman bandlikka ko‘maklashish markazi masʼul vakillari tomonidan murojaatchiga farzandining mutaxassisligi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlariga tavsiya etildi.


“Loyson” MFY Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Isomiddinov elektr tarmog‘ini tortish masalasida murojaat qildi. Ushbu murojaat bo‘yicha tuman elektr taʼminoti korxonasi bosh injeneri 17-dekabrga qadar masalani ijobiy hal etishga va’da berdi.