Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Farg‘onada 67 metrli ulkan bayroq o‘rnatildi

×

 2019-12-07 12:55:18    285

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimiz Bosh Qomusi qabul qilingan sana arafasida Farg‘onaning markaziy maskanlaridan birida ulkan bayroq o‘rnatildi.

Bugun viloyatimiz markazi yanada chiroy ochib, bir-biridan muhtasham inshootlar qad rostlamoqda. Ayniqsa, Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyi hiyoboni eng sevimli maskanga aylangan. Mazkur hududda bugun yurtimizdagi eng katta salobatli, balandligi 67 metr, hajmi 20 metrga 10 metr bo‘lgan Davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Mazkur ulkan bayroq farg‘onaliklarning milliy ramzimizga sadoqatining amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

Davlat bayrog‘ining o‘rnatilganligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir katta tantanaga aylandi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ishtirok etdi.

Mustaqilligimizning ramzi bo‘lgan Davlat bayrog‘i bu yerga tashrif buyurgan har bir yurtdoshimiz qalbida faxr-iftixor tuyg‘ularini jo‘sh urdiradi. Qolaversa, yosh o‘g‘il-qizlarimizning vatanparvar, o‘z yurtiga sodiq, komil inson bo‘lib voyaga yetishlariga ushbu salobatli bayroqning hissasi katta bo‘ladi.

 Farg‘ona viloyati hokimligi Аxborot xizmati